Foto: Yonhap
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon navbatdagi chiqindi bilan to‘ldirilgan sharlarni uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlariga tayanib Deutsche Welle ma’lum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, bu safar gap 420 ta havo sharlari haqida ketmoqda, ularning birinchi partiyasi 4 sentyabr kuni kechki payt uchirilgan. 5 sentyabr kuni ertalab yangi sharlar havoga ko‘tarilgan.
“Koreya yarim orolining shimoli-g‘arbiy qismida, xususan, Janubiy Koreyaning Kyonnggi provinsiyasida 5 sentyabr kuni ertalab yerga 20 ga yaqin havo sharlari qo‘ndi”, deb xabar berdi Janubiy Koreya QK bosh shtabi.
Qayd etilishicha, sharlar ichida asosan qog‘oz va plastmassa chiqindilari bo‘lib, ular sog‘liq uchun xavf tug‘dirmasligi aniqlangan.
AFP'ga ko‘ra, 2024 yilning may oyidan buyon KXDR Janubiy Koreya tomon 3800 dan ortiq chiqindi havo sharlarini uchirgan. 4 sentyabr kuni havo sharining uchirilishi so‘nggi besh oy ichida o‘n uchinchisi bo‘lgan.
Shimoliy Koreya rasmiylarining aytishicha, ularning janubiy qo‘shnisiga “samimiy sovg‘a”lari “chegara hududiga tashviqot materiallari va axlatlarning tez-tez sochilib ketishiga javobdir”.
KXDR Janubiy Koreya tomon chiqindi solingan sharlarni uchirishni boshlash bilan, o‘z bayonotiga ko‘ra, janubiy koreyalik faollarning yarim orol janubidagi demokratik jamiyat haqida gapiruvchi KXDR rahbariyatini tanqid qiluvchi varaqalar bilan havo sharlarini uchirishiga javob qaytargan.
Janubiy Koreyaning avvalgi hukumatlari faollarning bunday kampaniyalarni o‘tkazishini to‘xtatishga urinib, ular tinchlikni targ‘ib qilmasligini va chegara yaqinidagi aholi xavfsizligiga tahdid solayotganini aytishgan. 2021 yilda kiritilgan havo sharlarini uchirishni taqiqlash keyinchalik so‘z erkinligini buzgani uchun Oliy sud tomonidan konstitutsiyaga zid deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»