Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumdagi chiqishi davomida Telegram asoschisi Pavel Durovning Parijda hibsga olinishiga munosabat bildirdi.
«Men uzoq yillar oldin Moskvada Durov bilan bir marotaba uchrashganman. U shunchaki rejalari haqida gapirgandi. Men biznes vakillari bilan muntazam uchrashib kelaman, bu ham Kremldagi shunday uchrashuvdan biri edi. Shundan buyon biz ko‘rishmadik, u bilan hech qanaqa aloqa o‘rnatmadik, Bokuda nima uchun uchrashishimiz kerak — uncha yaxshi tushunmayman, men hatto u o‘sha yerda ekanini bilganim ham yo‘q… Biz o‘zimizni biznesdan to‘sib qo‘ymaymiz, shu bois unda qandaydir xohish bo‘lsa, men bilan Moskvada uchrashishi mumkin edi, bu haqida ham hech narsa bilmayman. Ammo men u Moskvada yashashidan kelib chiqqandim.
Bizda unga nisbatan hech qanaqa e’tiroz bo‘lmagan, biroq bilamanki, ko‘plab davlatlarning platforma qandaydir usulda, kimlardir, qanaqadir tuzilmalar tomonidan iqtisodiyot yoki xavfsizlik sohasiga zarar yetkazishi mumkinligi borasida e’tirozlari bo‘lgan. O‘ylaymanki, Rossiya hukumatida ham unga qandaydir savollar bo‘lishi mumkin edi, ammo bu borada shu turdagi platformalarning barchasi aybdor-ku. Agar Durov bilan shunday yo‘l tutishsa, unda boshqalarni ham yopish kerak: hibsga olish yoki uy qamog‘iga jo‘natish lozim», — deydi Rossiya prezidenti.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Parijning Pavel Durovga nisbatan harakati «u qadar tushunarli emas» va ular «tanlash xarakteriga ega».
Telegram asoschisi Pavel Durov 24 avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Prokuratura unga nisbatan vakolatli organlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish kabi qator ayblovlarni ilgari surgan.
28 avgust kuni Durov 5 million yevro miqdorida garov puli to‘lash va sud nazorati ostida qolish sharti bilan ozod etilgan. Unga Fransiyani tark etish taqiqlangan hamda Durov haftasiga ikki marotaba politsiyaga kelib-ketishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi