Foto: Politico
Amerikaning ABC News telekanali 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Kamala Harris o‘rtasidagi teledebat qoidalarini e’lon qildi.
Qoidalarga ko‘ra, auditoriyada tomoshabinlar bo‘lmaydi. Faqat so‘zlash navbati kelgan nomzodning mikrofonlari yoqiladi, boshqa nomzod gapirganda ular o‘chiriladi. Faqat moderatorlar savol berishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, har bir nomzodga moderatorlar savoliga javob berish uchun ikki daqiqa, raqib tanqidiga javob berish uchun yana ikki daqiqa va aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha bir daqiqa vaqt ajratiladi. Nomzodlarga o‘z taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat berilmaydi, lekin ularga eslatma olishlari uchun qog‘oz va ruchkalar beriladi. Reklama uchun tanaffus vaqtida saylovoldi tashviqoti vakillariga o‘z nomzodlari bilan muloqot qilish taqiqlanadi.
Mikrofon tartiblari avvalroq bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan: Tramp va amaldagi prezident Jo Bayden o‘rtasidagi iyun oyida bo‘lib o‘tgan birinchi munozarada faqat navbati bo‘lgan kishi mikrofonlari yoqilgan edi. Taklif Bayden jamoasidan chiqqan.
Tramp kampaniyasi ushbu qoidalar tarafdori edi, biroq Harris va uning kampaniyasi bunga qarshi chiqdi. U avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yuqori lavozimga da’vogarlar ochiq bahs yuritishi kerakligini va Tramp atrofidagilar unga mikrofonni yoqilgan holda qoldirish uchun yetarlicha ishonmayotgani sababli Amerika xalqi ham bunga ishonmasligini yozgandi.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»