224
AQSH 2 soat ichida Rossiya va Xitoyning barcha yadroviy uchirish maydonchasini yo‘q qilishi mumkin
Illustrativ foto: NGAD
AQSH Rossiya va Xitoyning barcha yadroviy uchish maydonchalarini 2 soat ichida yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda ekspertlar Interesting Engineering portaliga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, agar zarurat tug‘ilsa, AQSH va uning ittifoqchilariga Rossiya va Xitoyning barcha uchirish maydonchalarini yo‘q qilish uchun sanoqli soatlar kerak bo‘ladi. Bu “butun dunyo uchun yomon yangilik, chunki u barqarorlikka tahdid soladi va turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin”.
Ekspertlar AQSH va uning ittifoqchilarining qurol-yarog‘ va zarba berish imkoniyatlari bo‘yicha ustunligi Rossiya va Xitoyda qo‘rquv uyg‘otishini aytmoqda. Bu esa qurollanish poygasiga hissa qo‘shishi mumkin.
Tadqiqot AQSH va uning ittifoqchilarining odatiy raketaga qarshi mudofaa vositalaridan foydalangan holda o‘z dushmanlariga noyadroviy preventiv zarba berish salohiyatiga qaratilgan.
Mutaxassislar turli xalqaro tashkilotlarni vaziyatning jiddiyligi borasida tushunchaga ega bo‘lishga va har ikki tomonning ham yadroviy qurolsizlanish imkoniyati haqida muloqot yuritishga chaqirmoqda.
Xususan, tadqiqotda AQSHning yaqinda e’lon qilgan 2026 yilgacha Germaniyada uzoq masofali raketalarni joylashtirish rejasi haqida so‘z yuritiladi. Germaniyaning janubiy hududlarida bunday qurollarning joylashtirilishi Rossiyaning qit’alararo ballistik raketalarini uchirish maydonlarini tashkil etishiga sabab bo‘lishi mumkin.
AQSH aviatsiyasi qisqa masofali bombalar, raketalar, shuningdek, qanotli va ballistik raketalar yordamida ularni yo‘q qilishga qodir. Qanotli raketalarga JASSM-ER va -XR, Tomahawk, AMRAAM, SM-3 va SM6-3 kiradi. Ular ko‘rinmas bombardimonchi samolyotlar, kemalar va yer usti bazalaridan uchiriladi.
Rossiya va Xitoy radarni aniqlashda sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramay, hisobotda aytilishicha, bu hali ham AQSH va uning ittifoqchilari stels tizimiga qarshi yetarli emas. Bundan tashqari, AQSHda mavjud bo‘lgan ekipajli samolyotlar va dronlar qurolning ta’sir doirasini kengaytiradi, shuningdek, zarba berish uchun zarur bo‘lgan vaqtni kamaytiradi.
Bundan tashqari, Aegis, Patriot, THAAD va boshqa havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari AQSHga Rossiya va Xitoyning qit’alararo ballistik raketalari, shuningdek, uchirilgandan bir necha daqiqa o‘tgach, ularni yo‘q qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan “havo-havo” raketalarini urib tushirish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»