Foto: Getty Images
AQSH prezidentining o‘g‘li Hanter Bayden soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bo‘yicha aybini rasman tan oldi. Gap ayblovga oid to‘qqizda punkt haqida bormoqda. Ulardan uchtasi AQSH qonunchiligiga ko‘ra og‘ir soliq jinoyatlari sifatida tasniflanadi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Tramp tomonidan tayinlangan sudya hukmni 16 dekabrga belgiladi. Prezident Jo Baydenning o‘g‘li endi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, soxta soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va soliqlarni to‘lamaslik kabi jinoyatlari uchun 17 yilgacha qamalishi mumkin. Bundan tashqari, kichik Bayden 1,3 million dollargacha jarimaga tortilishi kutilmoqda.
Hanter Bayden sud zalida unga hech qanday bosim o‘tkazilmagani va bunday qadam evaziga hech narsa va’da qilinmaganini aytdi. Aybni tan olish kichik Baydenni oshkora sud jarayonidan qutqaradi.
Bu jarayonda guvohlar uning xarajatlari hamda giyohvand moddalarni iste’mol qilgani haqidagi noxush tafsilotlarni ochiqlashi mumkin edi.
2023 yil dekabrda Hanter Baydenga to‘qqiz bandli soliq to‘lamaslik ayblovlari qo‘yilgan. Prokuraturaning ta’kidlashicha, prezidentning o‘g‘li millionlab dollarni “soliq to‘lash o‘rniga hashamatli turmush tarziga” sarflagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»