18:00 / 07.09.2024
41

“Tolibon” Germaniyadan deport qilingan jinoyatchilarni ozod qildi

“Tolibon” Germaniyadan deport qilingan jinoyatchilarni ozod qildi
Foto: AP Photo
Germaniyadan Afg‘onistonga deport qilingan jinoyatchilar qo‘yib yuborildi. Bu haqda “Tolibon” harakatining Dohadagi vakili Muhammad Suhayl Shahin xabar berdi.

Shahinning so‘zlariga ko‘ra, mahkumlar “oilalari hech qanday jinoiy huquqbuzarlik qilmasliklari haqida yozma kafolat berganidan keyin” ozod etilgan.

30 avgust kuni Germaniya 2021 yildan buyon ilk bor 28 nafar afg‘on fuqarosini o‘z vataniga deport qilgani haqida xabar berilgan edi. Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtraytning so‘zlariga ko‘ra, gap “Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan” jinoyatchilar haqida ketmoqda. Ketishdan oldin ularning har biri 1000 yevrodan yordam puli olgan.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer, o‘z navbatida, deportatsiya parvozlari amaliyotini davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Men xavf tug‘dirayotgan jinoyatchilar va terrorchilar Afg‘oniston va Suriyaga deportatsiya qilinishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etaman”, deya va’da bergan edi u.

O‘z navbatida, xristian-demokratik ittifoq va muxolifat konservativ bloki vakillari deportatsiya parvozlarini muntazam amaliyotga aylantirishga chaqirgan. Bundestagdagi xristian ijtimoiy ittifoqi rahbari Aleksandr Dobrindt IIV rahbari Fezer kelgusi hafta Afg‘onistonga navbatdagi deportatsiya parvozini tashkil etishiga ishonch bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Germaniyadan deport qilingan jinoyatchilarni ozod qildi