Foto: Google Images
Misrning Al-Buxeyra provinsiyasida bir guruh arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari davomida qadimgi Misrning eng qudratli fir’avnlaridan biri — Ramzes II nomi yozilgan bezak tasvirlangan bronza qilich topildi.
Bu haqda mamlakat qadimiy yodgorliklar oliy kengashi departamenti rahbari Ayman Ashmaviy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, artefakt Al-Abqayn arxeologik yodgorligida ish olib borilayotganda topilgan. Ashmaviyning tushuntirishicha, qadimgi Misr davrida bu binolar fir’avn qo‘shinlari uchun kazarma, shuningdek, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat omborlari sifatida ishlatilgan.
Al-Buxeyradagi arxeologik ekspeditsiya davomida o‘sha davr harbiylari yurish va janglarda foydalangan qurollarning boshqa namunalari, ov uchun turli anjomlar, zargarlik buyumlari va fir’avn armiyasi askarlarining shaxsiy buyumlari topildi. Ashmaviyning so‘zlariga ko‘ra, bu artefaktlarning barchasi harbiy yurishlarda va qadimgi Misr chegaralarini himoya qilishda qatnashgan misrliklar kundalik hayotining qo‘shimcha tafsilotlarini ochib berishga yordam beradi.
19-sulolaning fir’avni Ramzes II mamlakatni miloddan avvalgi 1279-1213 yillarda boshqargan. U qadimgi mamlakat hududini sezilarli darajada kengaytirdi. Miloddan avvalgi XIV asr oxiri - XIII asr boshlarida bo‘lib o‘tgan Kadesh jangidan keyin Qadimgi Misr Xet qirolligi bilan tuzgan tarixdagi birinchi tinchlik shartnomasining muallifi Ramzes II ekanligi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»