Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning «Tolibon» harakati taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilganini tasdiqladi.
«Mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan puxta o‘rganib chiqilgan va har tomonlama baholanganidan so‘ng «Tolibon»ni Qirg‘iziston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilindi», deyiladi departament bayonotida.
Shuningdek, «bu qaror mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va muloqotni davom ettirishga qaratilgani» qayd etilgan.
«Qirg‘iziston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda va butun mintaqada barqaror va tinch muhitni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi», deyiladi xabar yakunida.
«Tolibon» hukumati «Qirg‘iziston hukumatining qarorini olqishlashini va ma’qullashini» ma’lum qildi.
Avvalroq, Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari mamlakat Bosh prokuraturasi taqiqlangan terroristik-ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qilganiga e’tibor qaratgan edi. Ro‘yxatda 20 ta tashkilot bor, ular orasida «Tolibon» yo‘q edi. Tolibon 2006 yil 15 sentyabrda Bishkek sudi qarori bilan terrorchi tashkilot deb tan olingan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 2023 yil dekabrida «Tolibon»ni mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqargan edi. TIV bu qarorini BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatida radikal harakat yo‘qligi bilan izohladi.
Keyinroq Rossiya rasmiylari ham «Tolibon»ni «qora ro‘yxatdan» chiqarish rejalarini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»