00:12 / 08.09.2024
40

Tramp Ukrainadagi urushni qanday tugatishni rejalashtirayotganini aytdi

Tramp Ukrainadagi urushni qanday tugatishni rejalashtirayotganini aytdi
Foto: Reuters
Neftning bir barreli 40 dollarga tushsa, Rossiya Ukrainaga qarshi urushni davom ettira olmaydi. Bu haqda Donald Tramp Nyu-York iqtisodiy klubida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

«Agar g‘alaba qozonsak, bu qiladigan ishlarimdan biri. Prezidentlikka saylanganimdan keyin bu urushni lavozimga kirishgunimga qadar hal qilishimga ishonaman. Men bu urushni hal qila olaman va uni to‘xtata olaman, chunki bu juda, juda dahshatli urush. Ukrainada juda ko‘p odamlar o‘lmoqda - siz tasavvur qilganingizdan ham ko‘p», dedi u.

Tramp urushni qanday qilib to‘xtata olishi haqida ochiq gapirmadi. Ammo, Rossiyaga urush harakatlarini moliyalashtirishga yordam beradigan yuqori energiya narxlariga barham berishni xohlayotganiga ishora qildi.

«Putin neftning bir barreli 100 dollar bo‘lsa urushadi, agar 40 dollar bo‘lsa, umuman urushmaydi», dedi u.

Saylovda g‘alaba qozongan taqdirda amalga oshiradigan energetika siyosatiga izoh berar ekan, Tramp energiya narxini keskin pasaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

«Oyog‘imiz ostida boshqa mamlakatlar, jumladan, Rossiya va Saudiya Arabistoniga qaraganda ko‘proq «suyuq oltin» bor. Mening rejam — 12 oy ichida energiya narxini ikki baravar pasaytirish. Bu mamlakatimiz uchun misli ko‘rilmagan iqtisodiy tiklanish bo‘ladi», dedi Tramp.

Respublikachilar prezidentlikka nomzod Donald Tramp ilgari ham Ukrainadagi urushni qisqa muddatlarda to‘xtata olishi haqida ko‘p gapirgan, ammo tafsilotlarni ochiqlamagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ukrainadagi urushni qanday tugatishni rejalashtirayotganini aytdi