Foto: AP
AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 2026 yil oxirigacha Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqib ketadi. Ikki davlatning vakolatli muzokarachilari tegishli kelishuvga erishdi, deb yozdi Reuters.
Umumiy reja hali tasdiqlanishi kerak. Unga ko‘ra, dastlabki bir necha yuz askar Iroqni 2025 yil sentyabrigacha, qolganlari esa 2026 yil oxirigacha tark etadi. Hozir AQSH Iroqda 2,5 mingga yaqin askarga ega
Rejaga ko‘ra, xalqaro koalitsiyaning barcha kuchlari g‘arbiy Anbar viloyatidagi Ayn al-Asad aviabazasini tark etadi va 2025 yil sentyabrigacha Bag‘doddagi kontingentni sezilarli darajada kamaytiradi.
AQSH va boshqa koalitsiya kuchlari Suriyadagi ISHID kuchlariga qarshi davom etayotgan amaliyotlarga yordam berish uchun shimoliy Kurdistondagi Erbilda taxminan yana bir yil, 2026 yil oxirigacha qolishi kutilmoqda.
Rasmiy e’lon bir necha hafta oldin rejalashtirilgan edi, ammo Isroilning G‘azodagi urushi bilan bog‘liq mintaqaviy keskinlik buni kechiktirgan.
Qo‘shma Shtatlar terrorizmga qarshi global urushning bir qismi sifatida 2003 yilda Saddam Husaynning diktatorlik rejimini ag‘darish uchun Iroqqa bostirib kirgan. Iroqqa qarshi qisqa muddatli urush bir necha haftadan so‘ng tugadi, ammo keyin yarim partizan nohukumat kuchlari bilan uzoq davom etgan qarama-qarshilik boshlandi.
Oxir-oqibat 2011 yilda AQSH o‘z qo‘shinlarini Iroqdan olib chiqib ketdi, biroq 2014 yilda Iroqning katta qismi ISHID deb ataladigan guruh tomonidan bosib olinganida xalqaro koalitsiya boshchiligida qaytishga majbur bo‘ldi.
Hozir Qo‘shma Shtatlar Iroqda 2,5 mingga yaqin askarga ega, yana 900 nafari qo‘shni Suriyada joylashgan. Boshqa davlatlar, xususan Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiyaning ham Iroqda bir necha yuz askarlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»