Foto: Reuters
Armaniston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan “tajovuzkorligi” bo‘yicha Xalqaro jinoiy sud tergovini qo‘llab-quvvatlash haqidagi Yevropa Kengashi davlatlarining qo‘shma deklaratsiyasini imzolamadi.
“Biz, Yevropa Kengashiga a’zo davlatlarning adliya vazirlari, Yevrokengash Vazirlar qo‘mitasiga Litva raisligi homiyligida Vilnyus shahrida odil sudlovning Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasi bilan bog‘liq javobgarlik masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ildik", deyiladi deklaratsiyada.
Armenpress nashriga ko‘ra, Armaniston TIV matbuot kotibi Ani Badalyan mamlakat boshidanoq deklaratsiyaga qo‘shilmaganini tasdiqlagan. Mazkur hujjat 42 ta davlat tomonidan imzolangan. Ular orasida Boltiqbo‘yi davlatlari, Gruziya va Moldova bor.
Sputnik Armaniston xabariga ko‘ra, OAVda Yerevan dastlab deklaratsiyaga qo‘shilgani, keyin esa imzoni olib tashlagani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan.
Rossiya yurisdiksiyasini tan olmaydigan XJSning dastlabki tergov palatasi 2023 yilda Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish to‘g‘risida order bergan edi. XJS Rossiya rasmiylarini ukrain bolalarini “deportatsiya qilish”da ayblagan.
XJS yurisdiksiyasi dunyo aholisining yarmidan ko‘pi yashaydigan mamlakatlar tomonidan tan olinmaydi. Ular orasida Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»