
AQShning Tennessi shtatida po‘lat quyuvchi zavodda yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy polisiyaga iqtibos keltirgan holda ABC News telekanali xabar bermoqda, deyiladi "Kun" nashrida.
Fojia Atens shahridagi metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Thomas and Betts zavodida yuz berdi. Shahar polisiyasi boshlig‘i otishmani zavodning ishchilaridan biri uyushtirganini ma’lum qildi. U o‘z hamkasblarini o‘ldirgach, o‘zini otib tashlagan.
Voqea joyida tezkor guruh ish olib bormoqda. Polisiyachilar voqea sababini aniqlashtirishmoqda. Sherifning aytishicha, agar zavod xodimlari birinchi o‘q uzishlardan keyinoq qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilmaganlarida qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar