Avstraliyadagi yirik zavoddagi portlash yoqilg‘i bozorini xavotirga soldi

Avstraliyadagi yirik zavoddagi portlash yoqilg‘i bozorini xavotirga soldi
Qisqacha

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida gaz sizib chiqishi oqibatida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu korxona mamlakat yoqilg‘i ehtiyojining 10 foizini ta’minlagani sababli, ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtatildi. Mutaxassislar ushbu voqea yetkazib berish zanjirida uzilishlarga va global yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Avstraliyada joylashgan neftni qayta ishlash zavodlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani va bu holat global yoqilg‘i bozoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida BBC xabar bermoqda.

Gap mamlakatda yoqilg‘i mahsulotlarining qariyb 10 foizini ta’minlaydigan yirik korxona haqida ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz sizib chiqishi ortidan yuz bergan portlash sabab zavodning bir qator ishlab chiqarish quvvatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Mazkur holat yetkazib berish zanjirida uzilishlar xavfini kuchaytirmoqda. Mutaxassislar Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida ushbu voqea jahon yoqilg‘i bozoriga qo‘shimcha bosim berishi va narxlarning o‘sishini tezlashtirishi mumkinligini qayd etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar