Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hududiga zarba berish uchun G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga yana bir bor chaqirdi. U, shuningdek, Ukraina «o‘z qurollarini, jumladan, yer ostida ishlab chiqarishni ko‘paytirayotganini» aytdi.
«Ukraina askarlari hamkorlarimizdan ta’minot kechiksa ham o‘zini himoya qila olishi uchun yer ostida qurol ishlab chiqarishni boshlaymiz», dedi Ukraina prezidenti. «Biz bu urushni asta-sekin Rossiya hududiga qaytarmoqdamiz, shunda Putin oxir-oqibat bosimni his qiladi va faqat bir narsani - tinchlikni izlay boshlaydi».
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham 6 sentyabr kuni Ramshtayndagi Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida Ukrainani qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi. Pentagon rahbari, shuningdek, ittifoqchilar Ukrainaga «bugungi kunda Rossiya agressiyasiga qarshi turishda va ertaga Rossiya agressiyasini to‘xtatishda» yordam berishda davom etishini aytdi.
Volodimir Zelenskiy yig‘ilishda havo hujumidan mudofaa qobiliyatini oshirishni ham yana bir bor talab qildi va qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlariga ehtiyoj borligini aytdi. U guruhga tizimlar uchun minnatdorchilik bildirdi, ammo va’da qilingan zenit qurollarining katta qismi hali yetkazib berilmaganini aytdi.
«Dunyoda Rossiya terrorining samarasiz bo‘lishini ta’minlash uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari yetarli. Men sizni havo mudofaasi bo‘yicha biz bilan hamkorlikda faolroq bo‘lishga taklif qilaman», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”