Foto: Getty Images
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qurol kontrabandasining oldini olish uchun Iordaniya bilan chegarada to‘siq qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Ynet xabat berdi.
Netanyaxu Vazirlar mahkamasining yig‘ilishida tegishli rejani ma’lum qilgan. U G‘arbiy Sohilga qurol kontrabandasining oldini olish uchun to‘siq qurilishini aytgan. Netanyaxuga ko‘ra, chegarada xavfsizlikni ta’minlash uchun 2025 yilda davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi.
"Eron G‘arbiy Sohildagi terrorchi guruhlarga qurol-yarog‘ yetkazib berish maqsadida sharqiy chegarada faoliyat olib bormoqda. Biz bu sohadagi imkoniyatlarimizni kengaytirish va qurol-yaroq kontrabandasining oldini olish maqsadida to‘siq qurish bilan bir qatorda, qo‘shimcha choralarni ko‘rishni rejalashtirmoqdamiz", dedi u.
8 sentyabr kuni tongda Iordaniyadan Allenbi nazorat-o‘tkazish punktiga kelgan erkak yuk terminaliga qarata o‘t ochdi. Natijada 3 nafar isroillik halok bo‘ldi, erkak zararsizlantirildi. Keyinroq Saudiyaning Al Hadath telekanali otishma sodir etgan shaxs Maher al-Jaziy bo‘lib, Iordaniya armiyasining sobiq a’zosi ekanini ma’lum qildi. Netanyaxuning yuqoridagi bayonoti tegishli hodisaga javoban yangradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi