Sizningcha, barcha mashhur shaxslar internetdagi hayotini hamma bilan baham ko‘rishni xohlaydimi? Ammo mazkur yulduzlar uchun virtual dunyoda nima sodir bo‘lishi muhim emas, ular uchun reallik muhimroq.
Emma Stoun
Emma Stoun ijtimoiy tarmoqlarga umuman ishonmaydi. Yulduz 2012 yilda akkaunti buzib kirilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatdi. Shuningdek, u raqamli dunyo mutlaqo salbiy ekanligini tan oladi.
“Zamonaviy dunyoda odamlarning hayoti ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va qaysi fotosuratlar ko‘proq layk olishini tanlashdan iborat. Agar odamlar media sohasida bunday ma’lumotlar oqimini boshqara olsa, o‘sha hammani nazorat qiladi”, deydi aktrisa.
Juliya Roberts
Akkauntni yuritishdan voz kechishning yana bir qiziqarli sababi — mukammallikni rad etishdir. Bir necha yil avval Juliya Roberts o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini o‘chirib tashladi, chunki obunachilari go‘yo niqob taqib olgandek edi. O‘shandan beri Roberts uchun faqat haqiqiy his-tuyg‘ular birinchi o‘rinda turadi.
Krissi Tigan
Krissi Tigan esa o‘z hayotidan salbiy fikrlarni chiqarib tashlash uchun Twitter’dan chiqib ketgan. Yulduz platforma uning holatiga yomon ta’sir qilishini ta’kidlaydi:
“U yerda xeyterlar juda ko‘p. Ammo 10 yildan ko‘proq vaqt davomida siz mening olamim edingiz. Biz bu yerda yaratgan olam uchun men sizlardan qarzdorman. Haqiqatan ham ko‘pchiligingizni o‘zimning haqiqiy do‘stlarim deb bilaman.”
Ed Shiran
Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirish san’atkor uchun odatiy holga aylanib qolgan. Ed Shiran konsert turnelaridan so‘ng dam olish maqsadida bir necha bor ijtimoiy tarmoqlardan chiqib ketgan. 2022 yilda esa musiqachi telefondan kamdan kam foydalanishi sababli ijtimoiy tarmoqlarni umuman yuritmasligini ta’kidlaydi.
Kris Evans
2023 yilda Kapitan Amerika virtual dunyodan dam olmoqchi ekanligini e’lon qildi. U ko‘p vaqtini ekranda o‘tkazayotgani uchun bir oz chalg‘imoqchi ekanini aytdi.
“Men bir oz tanaffus qilmoqchiman. Hammangizni juda yaxshi ko‘raman! Bu haqda nega bunchalik ishonch bilan aytayotganimni bilmayman. Chunki bu juda mashaqqatli qadam va katta mas’uliyat”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”