Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
3 sentyabr kuni Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 58 kishiga yetdi. Bu haqda 8 sentyabr, yakshanba kuni Telegram'da viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Filipp Pronin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yana uch nafar yarador shifoxonalarda vafot etgan. 5 sentyabr holatiga ko‘ra, jabrlanganlarning rasmiy soni 328 nafarni tashkil qilgan. Bu 2024 yil boshidan beri Rossiyaning eng qonli hujumi.
Rossiyaning Poltavaga zarbasidan keyin Bayden Kiyevga HHM tizimlarini va’da qildi
Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi natijasida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi, bu Rossiyaning Ukrainada «erkin xalq irodasini sindirish»ga qaratilgan urinishlari haqida fojiali eslatma bo‘ldi. Bu haqda Amerika yetakchisi Jo Baydenning 3 sentyabr kuni Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotida aytiladi.
«Men bu jirkanch hujumni imkon qadar qattiq qoralayman», dedi Bayden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqi ikki yarim yildan beri Moskva agressiyasiga qat’iy qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Qo‘shma Shtatlar uning yonida bo‘lishda davom etadi, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va mudofaa uchun zarur vositalar bilan ta’minlashda davom etadi, deya qo‘shimcha qildi Amerika prezidenti.
Yevroittifoq Rossiyaning Poltavaga hujumini qoraladi
Yevropa Ittifoqi 3 sentyabr kuni Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi uyushtirgani va 50 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lganini qoraladi. «Bu yana bir qon to‘kilishi Rossiyaning Ukraina va uning xalqiga qarshi shafqatsiz urushini davom ettirish, katta qurbonlar va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lishga intilish qat’iyatini isbotlaydi», dedi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati vakili Peter Stano. «Biz qurbonlar oilalarining qayg‘usiga sherikmiz va Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya ikki yarim yildan beri qo‘shni davlatga qarshi urush olib bormoqda, Ukraina bo‘ylab raketa va uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujumlar uyushtirmoqda va «qo‘rqoqlik bilan asosan tinch aholini nishonga olmoqda», deya ma’lum qildi Bryussel. Bu holat faqatgina Ukrainaning BMT Nizomidagi o‘zini himoya qilish bo‘yicha qonuniy huquqiga muvofiq, Rossiya hududidan amalga oshirilayotgan bunday hujumlarni samarali qaytarish va «tajovuzkorni orqaga surib tashlash» imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ko‘rsatadi, deb ta’kidladi Stano.
Yevropa Ittifoqi Kiyevga harbiy yordam, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilar yetkazib berishni kengaytirish tarafdori, deb ta’kidladi YEI tashqi siyosat xizmati. Bu ta’minot Ukraina mudofaasini kuchaytiradi, begunoh odamlar hayotini saqlaydi va himoyalangan mamlakatdagi vayronagarchilik darajasini pasaytiradi, deb tushuntirdi Peter Stano. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?