Rasmiy Vashington va Moskva Suriyada tinchlikka erishish masalasida yil davomida ikkinchi bor o‘tkazilgan muzokarada ham kelishuvga erisha olmadi. Bu vaqtda esa Bashar Asad Halabga hujum boshlashi haqida e’lon qildi.
Payshanba kuni kechqurun Halabning sharqiy qismiga hukumat samolyotlari tomonidan ayovsiz hujum uyushtirildi va 45 kishi halok bo‘lib, tinchlik sulhi tuzilishi borasidagi umidlar chippakka chiqdi.
AQSh va Rossiya tomonlari amerikalik harbiylar Suriya harbiylariga havo zarbalari bergani hamda BMTning insonparvarlik yuklari ortilgan karvoni hujumga uchragani borasida (bu hujumda Rossiya samolyotlari ham ishtirok etgani gumon qilindi, rossiyaliklar esa hujumda AQSh droni qatnashganini iddao etdi) munozaraga kirishdi.
Tarkibida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, Evropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari hamda Yaqin Sharq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarini o‘zida jamlagan "Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhi" BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi doirasida Suriyadagi inqiroz masalasini muhokama etishdi.
Uchrashuv Manxettendagi besh yulduzli mehmonxonada o‘tkazilib, Lavrovning ta’biri bilan aytganda "durang" bilan yakunlandi.
BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura esa "AQSh va Rossiya Suriyadagi vaziyatni izga solishni chindan istashiga ishonishini" aytib o‘tgan.
"Bu uzoq davom etgan, azobli va umidsizlikka to‘la uchrashuv bo‘ldi", degan diplomat yopiq eshiklar ortida kechgan bu muzokaralarga baho berarkan.
Shu bilan birga de Mistura "tinchlik sulhi tuzilishiga umidlar avvalroq ko‘mib bo‘lingani"ni qayd etib o‘tgan.
Kerri esa jurnalistlarga umidni yo‘qotmaslik kerakligini aytgan.
"Biz chiqib, butun dunyoga "biz kelisha oldik" deya olmaymiz", deya Kerrining so‘zlarini keltirgan Assoshieyted press.
Kerri o‘zaro ishonch tiklanishi uchun havodagi harbiy harakatlarni davom ettirayotgan tomonlar bu harakatlarini to‘xtatishi talab etiladi.
Lavrov ham Suriya muxolifati harbiy harakatlarni to‘xtatishi kerakligini ta’kidlagan.
"Agar ruslar bizga konstruktiv taklif bilan qaytsa, biz ularni eshitishga hamisha tayyormiz", degan Kerri.
U AQSh tomoni "bu masaladagi jarayonda oldinga tashlangan har bir qadam bilan maqtanishini, chunki Suriyada odamlarning o‘ldirilishiga yagona Suriyani tashkil qilish orqali chek qo‘yish mumkinligini" qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Suriyada 5 yildan buyon davom etayotgan fuqarolik urushi yuz minglab kishilarning yostig‘ini quritdi, 11 milliondan ortiq kishining hayotini izdan chiqardii va Evropada Ikkinchi Jahon urushidan buyon eng yirik qochqinlik muammosi yuzaga keldi.
Tomonlarni yarashtirish bo‘yicha yangi reja haqida 9 sentyabr kuni Kerri va uning rossiyalik hamkasbi, Sergey Lavrov o‘rtasidagi 15 soatlik muzokaralardan so‘ng e’lon qilingan edi. Kelishib olingan reja beshta hujjatni o‘z ichiga oladi, biroq ular maxfiy holda qoldi.
12 sentyabr kuni yarashuv haqidagi bitim amalga kirdi, ammo bir hafta o‘tmasdanoq avvaliga Suriya harbiylari hujumga uchradi, so‘ng BMT insonparvarlik yordami o‘qqa tutildi va harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar