17:00 / 11.09.2024
68

Dubay amirining ajrashgan qizi “Ajrim” deb nomlangan atirni sotuvga chiqardi

Dubay amirining ajrashgan qizi “Ajrim” deb nomlangan atirni sotuvga chiqardi
Foto: People Talk
Dubay amirining qizi shayxa Mahra ijtimoiy tarmoqlar orqali eri bilan ajrashganini ma’lum qilganidan so‘ng, provokatsion nom ostida o‘z atirini sotuvga chiqardi, deb yozadi People Talk.

Atirlar lineykasi Divorce by Mahra deb nomlanib, u o‘z nomida to‘g‘ridan to‘g‘ri ajrimga ishora qiladi.

Shayxa Mahra ushbu atirni qayerdan sotib olish mumkinligi haqida hozircha ma’lumot berganicha yo‘q.

Foto: People Talk
Eslatib o‘tamiz, Dubay malikasi Shayxa Mahra bintu Muhammad ibn Rashid Al Maktum to‘ydan bir yil o‘tib, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini e’lon qildi. Shayxa buning juda noodatiy usulini tanladi. Dubay hukmdorlari xonadonida oilaviy janjallarni omma oldiga olib chiqish odat tusiga kirmagan. Biroq shayxa Mahra urf-odatlar va o‘rnatilgan me’yorlarga qaramay, eridan ajrashganligini oshkora e’lon qildi. Mahra o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida uch marta “Men siz bilan ajrashaman” jumlasini yozgan. Ma’lumki, islom shariati bo‘yicha nikoh bekor deb hisoblanishi uchun uch marta taloq aytish kerak.

Malikaning obunachilari butunlay hayratda qolib, bunga nima sabab bo‘lganiga hayron bo‘lishdi. Ba’zilar eri Man al Maktum unga xiyonat qilgan, boshqalari tug‘uruqdan keyingi depressiya haqida o‘ylashgan, boshqalari hatto malikaning akkauntini hakkerlar buzgan deb ham taxmin qilmoqda. Mahraning bu posti ancha shov-shuvga sabab bo‘lgani aniq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay amirining ajrashgan qizi “Ajrim” deb nomlangan atirni sotuvga chiqardi