Foto: Google Images
Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtatining Imfal shahrida politsiya bilan to‘qnashuvda kamida 50 kishi jarohat oldi. Bu haqda “The Hindu” nashri xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar mintaqadagi yangi etnik ziddiyatlar va norozilik namoyishlari fonida joriy qilingan komendantlik soati tufayli boshlangan. Bu aholining yashash joylaridan tashqarida harakatlanishini cheklaydi, shuningdek, besh yoki undan ortiq odam yig‘ilishini taqiqlaydi.
Shtatda keskinlik 2023 yilning may oyida Meitey qabilasi o‘ziga ro‘yxatga olingan kasta maqomini berilishini talab qilganidan keyin kuchaygan. Bu maqom davlat organlariga ishga kirishda va oliy o‘quv yurtlariga kirishda qator imtiyozlar beradi.
Meitey talabi shtat aholisining 56 foizini tashkil etuvchi Kuki qabilasini g‘azablantirdi. 2023 yil may oyi boshida Kuki tashkilotlari norozilik marshini o‘tkazdi, keyinchalik bu to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. To‘qnashuvlar boshlanganidan beri kamida 237 kishi halok bo‘lgan, 59 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?