
11 sentyabr kuni kechqurun Dushanbe markaziy masjidi yaqinida Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari muftiy Saidmukarram Abdulqodirzodaga hujum uyushtirildi.
«Bugun soat 17:20da Dushanbe shahar markaziy masjidi yonida bir fuqaro bezorilik niyatida namoz o‘qib bo‘lgach, Tojikiston Respublikasi Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abdulqodirzodani teshuvchi asbob bilan urgan». Bu haqda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Natijada muftiy yengil tan jarohati olib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, uyiga jo‘natilgan.
Hujumchi tezda ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Saidmukarram Abduqodirzoda 61 yoshda, 2010 yil oktabridan buyon Tojikiston Ulamolar kengashiga rahbarlik qilib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar