09:30 / 12.09.2024
61

Erdo‘g‘an: Turkiya hech qachon Qrim anneksiyasini tan olmaydi

Erdo‘g‘an: Turkiya hech qachon Qrim anneksiyasini tan olmaydi
Foto: Anadolu
Anqara Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashi o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qrim platformasi sammiti ishtirokchilariga videomurojaatida ma’lum qildi.

Turkiya rahbarining qayd etishicha, Qrimning Ukrainaga qaytarilishi xalqaro huquqning talabidir. Erdo‘g‘an «Turkiya urushni Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga asoslangan adolatli hamda mustahkam tinchlik bilan tugatishni chin dildan istashini» ta’kidladi.

Turkiya prezidenti sammitni tashkillashtirishga hissa qo‘shgan barchaga, birinchi navbatda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hamda qrim-tatar xalqi yetakchisi Mustafo Qirimo‘g‘luga minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya yetakchisi joriy yilgi sammit qrim-tatar xalqi deportatsiyasiga 80 yil to‘lgan sanaga to‘g‘ri kelganini eslatib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, «vatanidan zo‘ravonlik bilan quvilgan qrim-tatar turklari boshidan kechirgan fojia og‘rig‘i 80 yildan beri so‘nmagan va yaralar bitmagan».

Shuningdek, u Turkiya hech qachon «mintaqa aholisining azoblarini yanada chuqurlashtirgan» Qrim anneksiyasini tan olmasligini ta’kidladi.

«Qrim-tatar turklarining huquqlarini mustahkamlash maqsadida Ukraina hukumati tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy me’yorlardan yana bir bor mamnunligimni bildirmoqchiman» — deydi u. Turkiya rahbari kelgusi davrda «qrim-tatar turklarining huquqlarini mustahkamlash uchun qo‘shimcha qadamlar qo‘yilishiga» umid bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: Turkiya hech qachon Qrim anneksiyasini tan olmaydi