Foto: AFP
“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi ayollarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirdi. Jumladan, ayollarga sotuvchilar bilan savdolashish taqiqlandi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Tolibon”ning ayrim viloyatlardagi axloq politsiyasi erkaklarga xotinlari borasida tegishli buyruq chiqargan. Ular ayollar sotuvchilar bilan savdolashganida, ularning ovozi begona erkaklar tomonidan eshitilishi va bu “erkaklarni yo‘ldan ozdirishi”ni da’vo qilgan.
“Tolibon”ga ko‘ra, ayollar gapirmasdan va savdolashmasdan xarid qilishi lozim.
Axloq politsiyasi o‘zlarining yangi qonunlarini amalga oshirish uchun zo‘ravonlik va repressiyalarni kuchaytirgani aytilmoqda. Fuqarolar qonun ijrosi yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan. Ular bu zulm, qasos, repressiya va keng tarqalgan suiiste’mollik muhitini yaratishini aytgan. “Tolibon” ayollar qo‘lqop kiyib, yuzini to‘liq berkitishi kerakligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi