00:04 / 13.09.2024
4

Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi

Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi
Foto: Yousef Karsh
Italiyada Uinston Cherchillning Ottavadagi mehmonxonada yo‘qolgan mashhur suratining original varianti topildi, deb xabar beradi BBC.

Surat 1941 yilda Yusuf Karsh tomonidan Cherchillning harbiy holat vaqtida Kanada parlamentida qilgan chiqishidan keyin olingan. 11 sentyabr kuni Ottava politsiyasi portret uning o‘g‘irlanganidan bexabar Genuyadagi kolleksionerdan topilgan.

Rasmiylar, shuningdek, Ontarioda o‘g‘irlik va noqonuniy savdoda gumonlangan erkak hibsga olinganini e’lon qildi. Ismi sir tutilayotgan 43 yoshli erkakka nisbatan Kanadada bir nechta, xususan, hujjatlarni qalbakilashtirish, o‘g‘irlik, odam savdosi va o‘zgalar mulkiga zarar yetkazish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, u 25 aprelda hibsga olingan va ertasi kuni Ottava sudiga yo‘naltirilgan.

Buyuk Britaniyaning harbiy holat vaqtidagi bosh vaziri Uinston Cherchillning ushbu suratini tushirishdan oldin Karsh amaldorning og‘zidan sigarasini tortib olgan. «Men unga kuldonni uzatdim, lekin u sigarasini tashlamadi… Men kutdim, u esa chekishni davom ettirdi. Shundan keyin oldinga harakatlanib, o‘ylab o‘tirmasdan, biroq hurmat saqlagan holda «Kechirasiz, janob», deb og‘zidan sigarasini olib qo‘ydim», — deya eslaydi Karsh.

Karsh kamerasi oldiga qaytib kelganida Cherchill shu qadar «vajohatli ko‘ringanki, suratkashni yutib yuborishga tayyor bo‘lgan». Chateau Laurier mehmonxonasi xodimi ushbu surat almashtirib qo‘yilganini ilk bor 2022 yil 19 avgustda payqab qolgan.

Politsiyaning taxminiga ko‘ra, surat 2021 yilning 25 dekabridan 2022 yilning 6 yanvarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida, kovid pandemiyasi bilan bog‘liq qat’iy cheklovlar vaqtida o‘g‘irlangan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, ushbu surat — siyosatchining eng mashhur portretlaridan bo‘lib, Britaniyaning 5 funtli banknotasida tasvirlangan va Londondagi kimoshdi uyi orqali italiyalik xaridorga sotilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi