14:30 / 13.09.2024
13

Kim Chen In atom quroli uchun yadroviy materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi

Kim Chen In atom quroli uchun yadroviy materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi
Foto: KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Yadro qurollari instituti va atom qurollari uchun yadroviy materiallar ishlab chiqarish bazasiga tashrif buyurib, ushbu materiallarni ko‘paytirishni buyurdi.

Kim Chen In yadro quroli uchun jangovar kallaklar ishlab chiqarishni ko‘zdan kechirgan. U uranni boyitish uchun sentrifugalar sonini ko‘paytirishni topshirgan. Shimoliy Koreya yetakchisining tushuntirishicha, “geometrik progressiyada” arsenalni ko‘paytirish uchun “hozirgacha erishgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmaslik kerak”.

U so‘nggi vaqtlarda “Amerika imperialistlari va ularning hamrohlari tomonidan qilinayotgan yadroviy tahdidlar tobora ochiq-oydinlashib borayotgani” va “qizil chiziqdan o‘tib ketayotgani”ni ta’kidlagan. Uning aytishicha, KXDR “Qo‘shma Shtatlarga munosib javob bera olish” uchun “xavfsizlik masalalarini hal qilishi” zarur. U “yadroviy tahdidlarga qarshi choralar ko‘rish” kerakligiga ishonch bildirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In atom quroli uchun yadroviy materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi