Foto: AFP
Parij sudi ikki fransuz ayolni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijitga tuhmat qilgani uchun jami 13,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayollar Brijit go‘yo erkak bo‘lib tug‘ilgani haqida mish-mish tarqatgan. Endilikda ular prezident rafiqasiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 8 ming yevro va yana 5 ming yevro — da’vogar sifatida ishtirok etgan uning ukasi Jan-Mishel Tronega to‘lashi kerak.
Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilgani haqidagi da’volar bo‘yicha ikki ayol ustidan sud jarayoni 2024 yil iyun oyida boshlangan. 2022 yil ular Brijit erkak bo‘lib tug‘ilganini va uning haqiqiy ismi Jan-Mishel ekanini “tasdiqlovchi” videoni chiqargan. Video virusga aylanib, Fransiyaning birinchi xonimida norozilik uyg‘otgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi