Foto: Videodan kadr
Ukrainaning g‘alaba rejasi to‘rtta asosiy va bitta qo‘shimcha bandni o‘z ichiga oladi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi..
“Tinchlik sammitidan oldin shaxsan Jo Bayden bilan kuchli pozitsiyada bo‘lishimiz uchun bizni qanday mustahkamlash haqida gaplashaman. Chunki kuchli bo‘lsangiz, diplomatik yechimlar samarali bo‘ladi. Aks holda, Putin bu jarayonda ishtirok etmaydi. Menimcha, boshqa vaziyatlarda, ular urushni to‘xtatishdan manfaatdor bo‘lmaydi”, deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy g‘alaba Ukraina uchun “juda kuchli diplomatiyaga tayyor” bo‘lishni anglatishi, shu sababli mazkur reja tayyorlanganini bildirdi.
“Ularning to‘rttasi asosiy. Qo‘shimcha bittasi esa bizga urushdan keyin kerak bo‘ladi. Men ularni prezident Bayden bilan bo‘lishaman. Gap Ukrainaning xavfsizligi, geosiyosiy o‘rni, Ukrainani juda kuchli harbiy qo‘llab-quvvatlash haqida ketmoqda. Shuningdek, biz u yoki bu ishni qanday amalga oshirishni erkin hal qilishimiz kerakligi to‘g‘risida”, dedi siyosatchi.
U AQSH prezidenti jamoasidan kelgan takliflarni, agar ular Ukraina pozitsiyasini kuchaytirsa, qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”