Foto: Asqar Amerxanov va Ruslan Seysembayev / Qozog‘iston hukumati sayti
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Tashqi razvedka xizmati va Terrorizmga qarshi kurash xizmati rahbarlarini ishdan oldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Ruslan Seysembayev 2023 yil 13 aprel kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — Terrorizmga qarshi kurash xizmati boshlig‘i etib tayinlangandi. U Milliy xavfsizlik akademiyasini tamomlagan. 1997-2008 yillarda milliy xavfsizlik organlarida ofitserlik lavozimlarida, 2008-2023 yillarda esa rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2021 yilda Qozog‘iston prezidenti farmoni bilan milliy xavfsizlik general mayori unvoni berilgan.
II darajali “Aybin” ordeni, yubiley va idoraviy medallar bilan taqdirlangan. Milliy xavfsizlik xizmatining faxriy xodimi hisoblanadi.
Asqar Amerxonov 2023 yil 3 apreldan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari — Tashqi razvedka xizmati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. U 1993 yilda Ye.Buketov nomidagi Qarag‘anda davlat universitetini tamomlagan. Xizmatni 1995 yilda milliy xavfsizlik organlarida ofitserlik lavozimida boshlagan.
2004 yildan 2022 yilgacha milliy xavfsizlik organlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
II darajali “Aybin” ordeni, “Jasorati uchun” medali, idoraviy va yubiley medallari bilan taqdirlangan. Milliy xavfsizlik xizmatining faxriy xodimi hisoblanadi. 2020 yilda Qozog‘iston prezidenti farmoni bilan milliy xavfsizlik general mayori unvoni berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi