Foto: Kapar
Estoniyalik akrobat Yaan Ruz Osiyodan Yevropaga kanat orqali o‘tgan birinchi insonga aylandi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar berdi.
Sportchi Bosfor bo‘g‘ozi ustidan deyarli 1,1 ming metr uzunlikdagi kanat bo‘ylab yurgan. Arqon Bosfor ko‘prigi ustunlari orasiga yerdan 165 metr balandlikda tortilgan. Maxsus muvozanatlagichlarsiz ikki nuqta orasida tortilgan arqon bo‘ylab yurish — sleklayn bo‘yicha uch karra jahon chempioni masofani 47 daqiqada bosib o‘tgan.
Akrobat Bosfor bo‘g‘ozini “sleklayn uchun alohida joy” deb ta’riflagan. U tarixga kirganidan baxtiyorligini bildirgan. Sport tadbiri Turkiya transport vazirligi va avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan.
Ilgari dorboz Italiyada arqon ustida 3,6 ming metr masofani bosib o‘tishga erishgandi. 2023 yilda sportchi Qatardagi Katara Towers osmono‘par binosining minoralari orasida, 195 metrdan ortiq balandlikda tortilgan 150 metrli LED chiziq ustidan yurgan.
Ruz 18 yoshida sleklayn bilan shug‘ullana boshlagan. U arqonda orqaga ikki marta o‘mbaloq oshishni uddalagan birinchi va yagona sportchi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi