15:25 / 16.09.2024
34

Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Foto: RIA Novosti
Misrning Suvaysh-Qohira trassasida sayyohlik avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida 46 kishi jabrlandi, ulardan 21 nafari Rossiya, 11 nafari Turkiya, 9 nafari Italiya, 3 nafari Misr va ikki nafari Britaniya fuqarolari. Ular Suvaysh tibbiyot majmuasiga olib ketildi, deb xabar berdi Ahram Online.

14 sentyabr kuni kechqurun avtobus ag‘darilib ketgan. Yaralangan misrliklar orasida sayyohlik kompaniyasi vakillari va haydovchi yordamchisi ham bor. Sayyohlar ekskursiyadan so‘ng Sharm ash-Shayxga qaytayotgan edi.

Kasalxona favqulodda holat rejimini e’lon qildi va jabrlanganlarga yordam berish uchun barcha tibbiyot xodimlarini chaqirdi.

Misr sog‘liqni saqlash vaziri vaziyatni kuzatmoqda

Misr sog‘liqni saqlash vaziri Xolid Abdel Gaffa vaziyatni shaxsan kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Cairo 24 aniqlik kiritishicha, jabrlanganlarning jarohatlari yengildan o‘rtacha og‘irlikkacha. Suvaysh tergov idoralari favqulodda holat sabablarini o‘rganmoqda. ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, yetti nafar italiyalikning ahvoli barqaror, ikki nafarining ahvoli og‘ir va reanimatsiyada. Jabrlanganlardan biri, 34 yoshli italiyalik ayol qo‘lidan ayrilish xavfi ostida.

Kasalxona politsiya tomonidan o‘rab olingan va faqat sayyohlar kelgan davlat xodimlari va diplomatlariga kirishga ruxsat berilgan.

Rossiya konsulligi xodimi Suvayshga jo‘nab ketdi

Rossiya elchixonasi Misrdagi baxtsiz hodisaga uchragan rossiyalik sayyohlar bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda va hodisa sabablarini aniqlashtirishda davom etmoqda. Ruslar turli darajadagi jarohatlar oldi. Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ularning bir qismi Suvaysh kasalxonalariga yotqizildi, deya xabar beradi diplomatik missiya.

«Biz Rossiya fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatmoqdamiz, Suvayshga konsullik xodimi yuborildi», — deya qo‘shimcha qildi missiya.

Mart oyida Germaniya g‘arbidagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida yo‘nalishli avtobus avtobandan chiqib ketishi oqibatida 20 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi