10:34 / 24.09.2016
7 600

Meksika prezidenti Trampga tegishli hujjatni o‘g‘irlaganlikda ayblandi

Meksika prezidenti Trampga tegishli hujjatni o‘g‘irlaganlikda ayblandi

AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan va oktyabr oyida bu borada taqdiri hal bo‘ladigan siyosatchi Donald Tramp Meksikaga safari chog‘ida fuqarolik pasportini yo‘qotib qo‘ydi. Ushbu ko‘ngilsiz holat tufayli Tramp Meksikada bir muddat qolishiga to‘g‘ri keladi.

Meksikaliklarni bir necha marta yomonlab, ularga qarshi fikr bildirgan Tramp ushbu davlatga mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto bilan uchrashish uchun borgan edi.

Prezident bilan uchrashuv o‘z yakuniga etayotgan paytda Donald Tramp fuqarolik pasportining yo‘qolib qolganini payqagan. Ko‘ngilni o‘ta xira qiluvchi bu holatdan keyin u CNN jurnalsitlariga telefon orqali vaziyatni tushuntirgan va “Kim mening pasportimni o‘g‘irladi? Neto mening pasportimni o‘g‘irladi va meni hammaga ahmoq qilib ko‘rsatdi. Bu achinarli hol”, deb intervyu bergan.

O‘z o‘rnida Meksika prezidenti Enrike Penya Neto ham Trampning aybloviga qarshi javobini bayon etdi.
“Trampning fuqarolik pasportini yo‘qotishida mening aloqam yo‘q. U juda e’tiborsiz va ayni holatda xujjatini yo‘qotib qo‘ygani ajablanarli holat emas”, deydi Neto.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Penya Neto Trampni Adolf Gitler bilan tenglashtirgandi, biroq AQShda saylov kunlari yaqinlashgach, Neto “AQSh xalqi mamlakat prezidentligiga kimni tanlasa, o‘sha bilan aloqalarni ushlayveraman”, degan fikrni bildirmoqda.

Hozirda Tramp va uning jamoasi tomonidan rejalashtirilgan bir qator tadbirlar fuqarolik pasportining yo‘qolganligi tufayli bekor qilingan. AQShga qaytish uchun Donald Tramp AQShning Meksikadagi elchixonasiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etishi kerak. Shundan so‘ng, elchixona unga vaqtinchalik hujjat beradi.

Manba: Diydorsziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksika prezidenti Trampga tegishli hujjatni o‘g‘irlaganlikda ayblandi