Foto: akorda.kz
16 sentyabr kuni kuni Ostona sharida Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda uning iltimosiga ko‘ra Ukraina atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Fakt shuki, Rossiya harbiy jihatdan yengilmaydi. Urushning yanada avj olishi butun insoniyat va birinchi navbatda, Rossiya-Ukraina mojarosida bevosita ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar uchun tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Afsuski, Istanbul bitimini tuzishdan bosh tortish bilan hech bo‘lmaganda sulhga erishish uchun yaxshi imkoniyat yo‘qoldi. Ammo tinchlik uchun imkoniyat hali ham mavjud. Turli davlatlarning barcha tinchlik tashabbuslarini diqqat bilan ko‘rib chiqish va harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak. Keyin hududiy masalalarni muhokama qilishga o‘tiladi.
Bizningcha, Xitoy va Braziliya taklif qilayotgan tinchlik rejalari qo‘llab-quvvatlashga loyiq. Davlat rahbarlari kelib-ketadi, lekin xalqlar, ayniqsa, qo‘shni xalqlar tinch va o‘zaro hamjihatlikda yashashi kerak.
Qozog‘iston Rossiya bilan dunyodagi eng uzun quruqlik chegarasiga ega bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik strategik sherikchilik va ittifoqchilik doirasida rivojlanib bormoqda. Qozog‘iston Ukraina xalqiga va uning o‘ziga xos madaniyatiga chin dildan iliq munosabat qaraydi. Davlatlarimiz o‘rtasida hech qachon kelishmovchilik bo‘lmagan. Kiyevda mamlakatimiz elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda», — degan Qozog‘iston yetakchisi Germaniya kansleri bilan tor doiradagi uchrashuvda.
Germaniya kansleri Olaf Shols ilk marta Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi. U dastlab O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. 16 sentyabr kuni Qozog‘iston rahbari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shols 17 sentyabr kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan sammit doirasida uchrashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi