Foto: Getty Images
Eron Donald Tramp va uning atrofidagi hujumlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerika razvedkasiga tayanib, CNN xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, razvedka yaqinda bu haqda Tramp shtab-kvartirasini xabardor qilgan. Telekanal manbalari ushbu ma’lumotlar golf klubiga suiqasd uyushtirish bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi alomatlar yo‘qligini qayd etgan. CNN'ga ko‘ra, razvedka ma’lumotlari “potensial jismoniy va kiber hujumlar” bilan bog‘liq.
Trampga iyulda uyushtirilgan birinchi suiqasddan keyin ham CNN AQSH rasmiylari Eronning Donald Trampga suiqasd uyushtirgani bo‘yicha ma’lumot olganini aytgan edi. Telekanal, shuningdek, qotil Tomas Metyu Kruks va Eron o‘rtasida hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan. Tehron o‘z navbatida ayblovlarni rad etgan.
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning hayotiga ikkinchi suiqasd Floridada uning golf klubida 15 sentyabr kuni sodir bo‘ldi. Tramp golf o‘ynayotgan klub yonida otishmalar sodir bo‘lgan. Tramp otishma sodir bo‘lgan joydan bir necha yuz metr narida bo‘lgan. Noma’lum erkak devor orasidan avtomat qurolini o‘qtalayotgan vaqtida Maxfiy xizmat xodimlari unga qarata o‘q uzgan. Mashinada qochib ketgan gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Golf maydoni yonidagi butazorda esa Kalashnikov avtomatiga o‘xshash tashlab ketilgan qurol aniqlangan. Prezidentlar va sobiq prezidentlarni qo‘riqlash bilan shug‘ullanadigan Maxfiy xizmat vakilining aytishicha, ularning xodimi butalar orasidan chiqib qolgan qurol stvolini payqab, hamkasblari bilan birga darhol o‘t ochishni boshlagan.
Shundan so‘ng guvoh bir kishining butalar orasidan qora Nissan’ga o‘tirib, qochib ketganini ko‘rgan. Politsiya uni qo‘shni Martin okrugiga (Trampning golf klubi Palm-Bich okrugida joylashgan) olib boradigan katta yo‘lda qo‘lga olgan.
Rasmiylar Trampga suiqasd qilishda gumon qilinayotgan shaxsning kimligini hozircha rasman oshkor qilmagan. Ammo Amerika bir qancha yetakchi telekompaniyalari va gazetalari huquq-tartibot idoralarining anonim vakillariga tayanib, bu 58 yoshli Rayan Uesli Raut ekanini xabar qilgan.
OAV xabariga ko‘ra, maxfiy xizmat xodimlari Rautni golf o‘ynayotgan Trampga qarata devor orasidan avtomat qurolini o‘qtalayotganida payqab qolgan. Gumondor tez-tez siyosatchilarni, jumladan Tramp va Baydenni tanqid qilgan. Rautning LinkedIn'dagi profilida u Shimoliy Karolina qishloq xo‘jaligi va texnika fanlari universitetida o‘qigani, 2018 yilda Gavayiga ko‘chib o‘tgani aytiladi. U Floridada nima qilganini politsiyachilarga tushuntira olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi