13:30 / 17.09.2024
50

Trampni o‘ldirishga uringan shaxs afg‘onlar bilan Ukraina uchun jang qilmoqchi bo‘lgan

Trampni o‘ldirishga uringan shaxs afg‘onlar bilan Ukraina uchun jang qilmoqchi bo‘lgan
Foto: Bild
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp golf klubida o‘ynayotganida 58 yoshli Rayan Rut unga suiqasd qilishga uringanlikda gumonlanmoqda. U nafaqat demokratlar, balki Ukraina tarafdori bo‘lgan. Bu haqda Bild xabar berdi.

Rayan Rut 2022 yilning bahorida Kiyevga borib, u yerda “kurashish va o‘lishga” tayyorligini, “Putin esa tugatilishi lozim bo‘lgan terrorchi” ekanini aytgan.

“Men uchun boshqa ko‘plab ziddiyatlar kulrang, ammo bu ziddiyat aniq qora-oq. Gap ezgulik va yovuzlik kurashi haqida bormoqda”, deya u Ruminiyaning Newsweek nashrida aytib o‘tgan.

Rut Ukraina armiyasi uchun jang qilish maqsadida chet el legionini tuzishga uringan. U New York Times muxbiri Tomas Gibbons-Neffga buning uchun afg‘onlarni jalb qilmoqchi ekanini aytgan.

U Iroqdan Polshaga jangovar qobiliyatli afg‘on qochqinlarini AQSH harbiy-transport samolyotida olib o‘tishni tashkil etmoqchi ekanini ta’kidlagan. Ularga Pokistondan pasport sotib olishni rejalashtirgan”, deydi muxbir.

Ta’kidlanishicha, Rut frontga bormay, AQSHga qaytib kelgan. U avtomatik pulemyotni saqlagani uchun birinchi marta 2002 yilda sudlangan. U 2016 yilda Trampga ovoz bergan, ammo keyinchalik undan ko‘ngli qolgan, chunki siyosatchi Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchisi bilan yaqinlashishga intilgan va “amerikaliklarni qulga aylantirmoqchi bo‘lgan”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampni o‘ldirishga uringan shaxs afg‘onlar bilan Ukraina uchun jang qilmoqchi bo‘lgan