17:55 / 17.09.2024
83

Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi

Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi
Foto: X / Guinness World Records
Ginnesning rekordlar kitobi vakillari hozirda hayot bo‘lgan dunyodagi eng keksa ayolni ziyorat qilib, unga maxsus sertifikat topshirdi.

Dunyodagi eng keksa inson Tomiko Itooka 1908 yil 23 mayda Yaponiyada dunyoga kelgan. Bugungi kunda ayol 116 yosh-u 116 kunni qarshilagan.

Hego prefekturasidagi Asiya qariyalar uyida unga Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy sertifikatini topshirdik. U so‘nggi besh yil davomida shu yerda istiqomat qilib keladi. O‘tgan oyda 117 yoshli Mariya Branyas Morera vafot etgandan so‘ng, Tomiko dunyodagi eng keksa ayol va eng keksa inson unvonlarini qo‘lga kiritdi”, — deya xabar bermoqda Ginnes kitobi rasmiy veb-sayti.

Tomiko Itooka imperator Meyji hukmronligi davrida Osakada tug‘ilgan. O‘rta maktabda u voleybol jamoasiga a’zo bo‘lgan, 1979 yilda esa turmush o‘rtog‘i vafot etgandan so‘ng qoyaga chiqish va piyoda yurish bilan shug‘ullana boshlagan.

Ma’lumot uchun, hayoti hujjatlar bilan tasdiqlangan dunyodagi eng keksa inson hamon fransiyalik Janna Kalman bo‘lib qolmoqda. U 122 yil-u 164 kun umr ko‘rib, 1997 yil avgustda vafot etgan. Itooka bu ko‘rsatkich bo‘yicha 23-o‘rinda turibdi, biroq ikki haftadan keyin 21-pog‘onaga ko‘tarilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi