09:43 / 18.09.2024
26

Instagram ota-onalarning o‘smir farzandlari akkauntlari ustidan nazoratini kuchaytiradi

Instagram ota-onalarning o‘smir farzandlari akkauntlari ustidan nazoratini kuchaytiradi
Foto: Getty Images
Meta kompaniyasi ota-onalarga farzandlari foydalanayotgan ilova ustidan ko‘proq nazoratga ega bo‘lishlari maqsadida o‘smirlar uchun Instagram'da yangi akkauntlarni joriy etmoqda, deb xabar beradi The Guardian.

Mazkur yangilikka ko‘ra, o‘smirlar tungi vaqtda Instagram'ga kira olmaydi. O‘zgarishlar avvalo yangi foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llanadi, keyinroq ular boshqa yosh foydalanuvchilarga ham tatbiq etiladi.

Yangi funksiyalar qatorida ota-onalarga har kuni ilovadan foydalanish vaqtini cheklash, ma’lum muddat ijtimoiy tarmoqqa kirishni va o‘z farzandlari yozishmalar olib borayotgan foydalanuvchilarni bloklash imkoniyati bo‘ladi. Shu bilan birga, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar endilikda maxfiylik sozlamalarini o‘zgartirishi uchun ota-onasining roziligi talab etiladi.

Meta kompaniyasining ushbu yangiliklarni joriy etish qarori hukumat talablari bilan emas, balki ota-onalar o‘z farzandlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ko‘proq nazorat qilish istagi bilan bog‘liq. Britaniyaning NSPCC bolalar xayriya tashkiloti Instagram borasidagi yangilikni «to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam», deb atadi.

Ien Rassel ismli shaxsning so‘zlariga ko‘ra, uning 14 yoshli qizi Molli Instagram'da o‘z joniga qasd qilishga bog‘liq videolarni ko‘p ko‘rib, o‘zini o‘ldirgan. «Bu yangilik ishlash yoki ishlamasligini chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin bilamiz», — deydi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Instagram ota-onalarning o‘smir farzandlari akkauntlari ustidan nazoratini kuchaytiradi