Har yili Turkiyada yilning eng shov-shuvli to‘ylari reytingi tuziladi. Joriy yilda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan voqea tadbirkor, telekanal asoschisi va boshlovchi Ajun Ilichalining to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dzen
Ajun Ilichalining umumiy boyligi hozirda yuz million dollar, ya’ni uch milliard turk lirasidan oshgan. U Turkiyaning TV8 telekanali egasi bo‘lib, Dominikan Respublikasida suratga olingan eng mashhur shoulardan biri — “Omon qolganlar” (Survivor) prodyuseri va boshlovchisi sifatida tanilgan.
Foto: Haberler.com
Yoshligida Ajun ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni istagan, lekin 22 yoshida u o‘zini sport muxbiri sifatida sinab ko‘rdi va media sohasiga qiziqib qoldi.
“Mening turli o‘yinlarga katta ishtiyoqim bor: o‘ynash, o‘yinga jalb qilish, ko‘ngilochar dasturlarni ishlab chiqish jon-u dilim, chunki hayot bu — sahna”, deydi tadbirkor o‘zi haqida.
Foto: Dzen
Hayotga bunday yengillik bilan yondashish unga media sohasida katta muvaffaqiyat keltirdi, balki shaxsiy hayoti ham rang-barang voqealarga boy bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ajun uch marta turmush qurgan, bu nikohlardan uning to‘rt nafar qizi bor. Kuni kecha milliarder to‘rtinchi marta Aycha Chag‘la Altunkayaga uylandi.
Foto: Dzen
Ajunning avvalgi rafiqasining ismi Sheyma Subashi edi. U Turkiyadagi eng mashhur blogerlardan biri bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda uni uch million obunachi kuzatadi.
Foto: Dzen
Ko‘pchilik Aycha aynan Sheymaga juda o‘xshash ekanligini qayd etdi:
Foto: Dzen
Mish-mishlarga ko‘ra, Ajun hali ham sobiq ayolini unuta olmagan va kelindagi bu o‘xshashlik milliarderni o‘ziga jalb etgan.
Ajunning to‘rtinchi xotini mediadan uzoq shaxs. Aycha Chag‘la hamshiralikka o‘qigan va basketbol jamoasida murabbiy bo‘lib ishlagan. U Survivor shousida tibbiy xodim sifatida ishtirok etish uchun ariza bergan va o‘sha yerda ish boshlaganda badavlat prodyuser bilan tanishib qolgan.
Foto: Haberler.com
Foto: Dzen
Foto: Dzen
Ajun 55 yoshda, Aycha esa 25 yoshda, kelin-kuyov orasida 30 yosh farq bor. Chag‘la hattoki erining qizidan ham yoshroq bo‘lib chiqdi, shu sababli bu nikoh jamoatchilik muhokamasiga aylandi.
Foto: Dzen
Yangi turmush qurganlar o‘rtasidagi yosh farqi haqidagi bahslar shu darajaga yetdiki, turk jamiyati an’anaviy va zamonaviy fikrlaydigan ikki qismga ajraldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi