13:13 / 19.09.2024
27

Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi

Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Prato shahridagi T.I.S. – Textile Innovation Sustainability Italy kompaniyasi direktori va hamta’sischisi Janfranko Trupiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida joriy yilning may oyida imzolangan T.I.S. kompaniyasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat sanoat palatasi va Milandagi Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan to‘qimachilik mahsulotlari Savdo uyi faoliyati xususida fikr almashildi.

T.I.S. kompaniyasi rahbarining aytishicha, Savdo uyi 200 dan ortiq doimiy mijozlarga ega, ularning asosiy qismini tikuvchilik fabrikalari tashkil etiladi.

Savdo uyi Italiyaning aynan Prato sanoat hududida ochilishi bejiz emas. Bu yerda paxta va jun to‘qimachiligi XX asr boshida rivojlana boshlagan. Bugungi kunga kelib Pratoda 7 mingdan ortiq yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda va ulardan 2 mingtasi bevosita to‘qimachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Prato dunyo bozorlariga kalava ip, tabiiy tola va jundan mato, sintetik mato, kiyim-kechak, uy tekstili kabi mahsulotlarni yetkazib beradi. Yillik eksport hajmi qariyb 2 milliard yevroga teng.

Muloqot yakunida T.I.S. kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Savdo uyi bilan doimiy ravishda tijoriy takliflar va buyurtmalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga kelishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi