Shimoliy Qozog‘iston viloyatida ona 11 yoshli qizini uy vazifasini o‘zlashtirmagani uchun pichoqladi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.
Viloyatning bola huquqlari bo‘yicha vakili Saule Suraganovaga ko‘ra, ayol “qizi uy vazifasini o‘zlashtirmagani va maktab daftarini tartibsiz yuritgani uchun” hujum qilgan. Qizning soniga pichoq sanchilgani aytilmoqda. Hozirda jabrlanuvchi viloyat bolalar shifoxonasida davolanmoqda.
“Jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ahvoli qoniqarli. Maxsus komissiya tuzildi, ular allaqachon voqea joyiga borib, oiladan xabar oldi”, dedi huquq himoyachisi.
Jabrlangan maktab o‘quvchisining ota-onasi 6 nafar farzandni tarbiyalab, buvi va buvalari bilan birga yashaydi. Voqea sodir bo‘lgan kuni onaning ruhiy holati keskin yomonlashgan. U qizini qanday pichoqlaganini eslay olmagan. Vakilning aytishicha, tergovoldi tekshiruvi doirasida hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, ekspertizalar tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”