Foto: “TASS”
Rossiyada 1 sentyabr holatiga ko‘ra, qariyb 6,2 million chet el fuqarosi migratsiya organlarida ro‘yxatga olingan. Bu haqda migratsiya hisobida turganini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mamlakatda bo‘lib turgan va ma’lumotlari migratsiya axborot tizimiga kiritilgan chet el fuqarolarining soni 6 174 777 nafarga yetgan. Bu Rossiya aholisining taxminan 4,2 foizini tashkil qiladi.
Ichki ishlar vazirligi bu ko‘rsatkich, boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar qatori, dasturiy-texnik vositalar yordamida olingani, statistik ma’lumotlar obyektiv ekanini ta’kidladi.
"2023 yilda Rossiyada 8,5 milliondan ortiq kishi migratsiya hisobiga olingan", degan edi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova.
Rossiyada noqonuniy bo‘lgan migrantlar reyestri ishga tushiriladi
Noqonuniy muhojirlar uylanishi, bank xizmatlaridan foydalanishi, avtomobil haydashi, mulkini ro‘yxatdan o‘tkazishi va bolalarni bog‘cha, maktablarga rasmiylashtirishi mumkin emas. Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorov buning uchun reyest ishga tushirilishini aytdi.
Rossiya rasmiylari bahorda Crocus City Hall’da sodir etilgan teraktdan keyin migratsiya siyosatini kuchaytirishni boshladi. Bunga Tojikiston fuqarolari terakt tashkilotchilari sifatida qaralayotgani sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Rossiyaning turli hududlarida migrantlarning ish va yashash joylarida reydlar o‘tkazildi. Hujjatlar bilan bog‘liq muammolari aniqlanganlar deportatsiya qilindi. Ko‘pgina xorijliklarga Rossiyadagi aeroport va nazorat-o‘tkazish punktlarida kirishga ruxsat berilmagan holat ham kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”