Turkiya kino sanoatida qizg‘in ish olib borish bilan birgalikda aktyorlar ijtimoiy tarmoqlarda ham faoldir. Ular turli brendlarni reklama qilish yo‘li bilan mo‘maygina daromad topadi.
Foto: Dzen
“Qalbim eshigini qoq”, “Quyoshni kutib” kabi seriallar yulduzi Kerem Bursin BMW kompaniyasiga tegishli mashina reklamasi uchun 17 million turk lirasi yoki 540 ming dollar daromad olgan. Tahlilchilar bunday yuqori gonorarni Turkiya davlati doirasida mutlaq rekord deb atagan. Hozirda u internetdagi eng mashhur turk aktyori sifatida faoliyat olib bormoqda.
Foto: Dzen
2023 yilda Kerem Bursin Turkish Airlines kompaniyasi reklamasida ham suratga tushgan, ammo uning daromad miqdori oshkor qilinmagan. Hozirda Bursin bir nechta brend mahsulotlarning yuzi hisoblanadi.
Joriy yilda aktyor yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi Bosch bilan hamkorlik bitimini imzoladi. Yaqin kunlarda uning ilk reklama roligi namoyish etilishi kutilmoqda. Ushbu reklama uchun Kerem Bursin 12 million lira (380 ming dollar) haq olgan.
Foto: Dzen
Reklama orqali yaxshi daromad to‘plagan aktyorlar orasida Burak O‘zchivit ham bor. Aktyorning Instagram sahifasini 25 milliondan ortiq obunachi kuzatib boradi va kichik stories yoki reels orqali Burak 90 ming dollar daromad oladi.
Foto: Instagram
Foto: Instagram “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi