Foto: Google Images
Isroil AQSHga G‘azo sektorida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar va uning yordamchilarining anklavdan xavfsiz chiqib ketishini kafolatlaydigan yangi sulh takliflarini taqdim etdi. Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda.
Mazkur rejaga ko‘ra, Isroil HAMAS tomonidan garovga olingan barcha asirlar ozod qilinishini, shuningdek, Isroildagi falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishni taklif qilayotgani ma’lum etildi.
Bundan tashqari, loyiha G‘azo sektorida harbiy harakatlarni to‘xtatish va anklavni demilitarizatsiya qilish, shuningdek, sektorda yangi boshqaruv tizimini yaratishni nazarda tutadi. Biroq bu tashabbuslar tafsilotlari haqida xabar berilmagan.
Isroilning o‘g‘irlangan va bedarak yo‘qolgan fuqarolar bo‘yicha komissari Gal Xirsh garovga olinganlarning yaqinlariga bu taklif o‘tgan hafta Oq uy va davlat departamenti rasmiylariga yetkazilganini aytdi. Shu bilan birga, ushbu loyiha “B rejasi” deb nomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”