19:34 / 19.09.2024
21

Eronlik xakerlar Tramp kampaniyasidan o‘g‘irlangan ma’lumotlarni Bayden kampaniyasiga yuborgan

Eronlik xakerlar Tramp kampaniyasidan o‘g‘irlangan ma’lumotlarni Bayden kampaniyasiga yuborgan
Foto: monmouth
Eronlik xakerlar AQSHning sobiq rahbari Donald Trampning saylovoldi shtabi ma’lumotlarini o‘g‘irlab, amaldagi pezident Jo Baydenning saylovoldi shtabiga jo‘natdi. Bu haqda Federal tergov byurosi va AQSH razvedka agentliklari ma’lum qildi.

Hakerlar Baydenning saylovoldi kampaniyasiga aloqador shaxslarga ixtiyoriy ravishda elektron pochta xabarlarini jo‘natishgan, ularda sobiq prezident Trampning saylovoldi kampaniyasidan o‘g‘irlangan, ommaviy bo‘lmagan materiallardan parchalar bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Razvedka idoralarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden kampaniyasidan hech kim bu xatlarga javob bermagan. Bularning barchasi joriy yilning iyun va iyul oylarida, Bayden o‘z nomzodini qaytarib olganidan so‘ng sodir bo‘lgan.

Bayonotda, shuningdek, iyun oyidan boshlab eronliklar Tramp kampaniyasidan o‘g‘irlangan ma’lumotlarni Amerika matbuotiga jo‘natgani qayd etilgan.

AQSH rasmiylari avgust oyida Eron noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan AQSHda kelishmovchilikni kuchaytirishga va fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini susaytirmoqchi bo‘lganini aytishgan. Bayonotlarga ko‘ra, eronliklar respublikachilar va demokratlar shtab-kvartiralariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishga harakat qilishgan.

Tramp saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Kerolin Livitga ko‘ra, bu Eronning Harris va Baydenga xayrixohligini isbotlashini aytgan.

Chunki ular prezident Tramp sanksiyalarni qaytarishini va ularning terroriga qarshi turishini bilishadi”, dedi Livitt.

Tramp 2018 yilda prezident sifatida Qo‘shma Shtatlarni uch yil avval tuzilgan Tehron bilan “yadroviy kelishuv”dan olib chiqqan hamda AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini tiklagan. AQSH Tramp va Harris kampaniyalariga kiberhujumlar ortida Eron turganiga ishonadi. Tehron buni rad etgan.

Harris kampaniyasi matbuot kotibiga ko‘ra, kampaniya buzg‘unchilik haqida bilgan paytdan boshlab huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri shtab-kvartiraga yuborilgan biron bir materialdan xabardor emasmiz. Spam yoki fishingga urinish bo‘lib ko‘ringan narsa bir nechta shaxslarning shaxsiy elektron pochtalariga yuborilgan”, dedi u.

Eronning BMTdagi missiyasining rasmiy vakili “Eron AQSH saylovlariga aralashish uchun na maqsad va na niyatga ega va bunday ayblovlarni qat’iyan rad etishi”ni ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik xakerlar Tramp kampaniyasidan o‘g‘irlangan ma’lumotlarni Bayden kampaniyasiga yuborgan