23:49 / 19.09.2024
66

Lukashenko Ukraina bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Lukashenko Ukraina bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: Axios
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Donetsk (DXR) kvazidavlati rahbari Denis Pushilin bilan uchrashuvda respublika bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan. Uning aniqlik kiritishicha, Belarus Ukraina bilan ham DXR bilan bir xil tamoyillar asosida hamkorlik qilishga tayyor.

Biz hech kimni xafa qilmaymiz. Biz Donetsk bilan qanday tamoyillar bo‘yicha hamkorlik qilgan bo‘lsak, Ukraina bilan ham xuddi shunday qilishga tayyormiz”, dedi Belarus prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus Donetsk viloyati Ukraina tarkibida bo‘lganida u bilan ham hamkorlik qilgan.

Lukashenkoga ko‘ra, Belarus hech qanday xalqaro me’yorlarni buzmagan holda DXR bilan hamkorlik qiladi. U Belarus tomoni respublika bilan hech qanday vositachilarsiz hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan.

Xuddi shu yondashuv Ukraina bilan hamkorlikka ham tegishli. Biz tinchliksevar xalqmiz. Do‘stligimiz va hamkorligimiz asosi faqat tinchlikdir”, deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko.

Belarus yetakchisi bir necha bor Rossiya va Ukrainani harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirgan. Avgust oyida “Global janub ovozi” sammitida u mamlakatni muzokaralar uchun maydon sifatida taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Ukraina bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi