Foto: BBC
AQSHning Kentukki shtati, Letcher okrugida sudya Kevin Mallinz o‘z kabinetida otib o‘ldirildi. Qotillikda okrug sherifi Mikki Staynz ayblanmoqda, u hibsga olingan, deb xabar berdi The Mountain Eagle nashri.
Voqea 19 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, sherif sudyaning qabulxonasiga kelib, u yerdagi xodimlardan ularni yolg‘iz qoldirishni so‘ragan. Keyin ikkalasi xonaga kirib, eshikni yopgan. Shundan so‘ng ichkaridan o‘q ovozlari eshitilgan. Mikki Staynz xonadan qo‘llarini ko‘targan hola chiqib, politsiyachiga taslim bo‘ldi.
Qotillik motivlariga rasman aniqlik kiritilmadi. AP nashri yozishicha, bunga sud binosida sherif va sudya o‘rtasida janjal chiqqani sabab bo‘lgan. Sherifga birinchi darajali qotillik aybi qo‘yildi. Politsiya favqulodda hodisa sodir bo‘lgan Uaytsburg shahridagi asosiy ko‘chani o‘rab oldi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, bir nechta maktablar ham qisqa muddatga yopilgan.
Kevin Mallinz 2009 yildan beri Kentukki 47-okrug sudining sudyasi lavozimida ishlab kelgan. U sud tizimi xodimlarining giyohvand moddalarga qaramligini davolash haqidagi targ‘ibotlari bilan tanilgandi. Mallinz ishtirokida ishlab chiqilgan giyohvandlikdan davolanayotganlarga yordam berish bo‘yicha maxsus dastur Kentukkining kamida 50 ta okrugida qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi