
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qo‘stanaydagi "Bayan Sulu" qandolatchilik fabrikasiga tashrif buyurganda fotosuratchi qizga shokolad sovg‘a qildi. "Bu xursandchilik gormonlari", deb aytdi Nazarboyev bunday sovg‘ani kutmagan qizga. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
Nursulton Nazarboyev fabrika ishchilari bilan suhbatlashdi, fabrikaning biskvit ishlab chiqaruvchi sexi ishi bilan tanishdi.
Ayni vaqtda ushbu korxonada 1,5 ming kishi ishlaydi. Korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlarga eksport qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar