75
Novosibirskda o‘zbekistonlik migrant o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi
Foto: Rossiya Tergov qo‘mitasi
Joriy yilning 19 sentyabrga o‘tar kechasi Novosibirskning Leninskiy tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi.
Bu haqida Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat bosh boshqarmasi xabar berdi. Tergovga jalb qilingan shaxs 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z hamyurtining hayotiga zomin bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, payshanbaga o‘tar kechasi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatandoshi bilan spirtli ichimlik ichgan. Shundan so‘ng erkaklar janjallashib qolgan, ayblanuvchi sherigini taburetka bilan urib o‘ldirgan.
“Jinoyat izlarini yashirish maqsadida erkak 44 yoshli tanishining jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uning qismlarini qoplarga solib, suv ombori yaqinidagi kimsasiz joyga olib keta boshlagan”, deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Hozirda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan bo‘lib, u qotillikda ayblanmoqda. Sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”