Foto: UNIAN
Yil oxirigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi tinchlik sammiti Rossiya tomonidan boshlangan urushga chek qo‘yishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Bu yilgi ikkinchi tinchlik sammitini tashkil qilish uchun biz Ukrainani iloji boricha kuchaytirishimiz kerak, bu esa urushga nuqta qo‘yishi mumkin», deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Yevropada hamma tinchlikdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
«Tinchlik — bu urushni muzlatish emas, xalqaro huquqni manipulyatsiya qilish emas», dedi prezident.
U tinchlik ishonchli bo‘lishi kerak deb hisoblaydi va uning fikricha, bu tinchlik shunday bo‘ladi.
15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenstok shahrida Ukrainadagi urushni hal qilish masalasi bo‘yicha birinchi «tinchlik sammiti» bo‘lib o‘tdi, unda 91 davlat va 8 xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Rossiya rasmiylari sammitga taklif qilinmadi, taklif qilingan taqdirda ham ishtirok etmasligini avvaldan ma’lum qilgan edi.
Ikkinchi tinchlik sammitini noyabrda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Unga Rossiya taklif qilinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”