Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z mamlakati g‘alaba rejasi ustida faol ishlayotganini va Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ish doirasida onlayn formatda uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan, biroq kimlar bilan ekani haqida aniq ma’lumot berilmadi.
«Shuningdek, oflayn va onlayn uchrashuvlar bo‘ldi. Aytganimizdek, noyabr oyining boshida reja to‘liq tayyor bo‘ladi. Bu Rossiya bilan har qanday formatda muzokara olib borishga asos bo‘ladi. Har qanday formatda, uning har qanday vakili bilan, chunki reja bo‘ladi va ko‘rsatadigan narsa bo‘ladi», dedi Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning barcha ittifoqchilari Kiyevning Rossiyani ikkinchi tinchlik sammitiga taklif qilish niyatiga rozi. «Chunki Rossiya Ukrainaga qarshi kurashmoqda. Tomonlardan birisiz urushning tugashi mumkin emas», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Uning aytishicha, Ukrainaning g‘alabaga erishish rejasi Kiyev hamkorlari tomonidan dekabr oyi oxirigacha «tezkor va aniq» qadamlar qo‘yilishini, tinchlik sammiti va «urushni tugatishning istalgan bosqichiga» ko‘prik bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Zelenskiy Vashingtonga tashrifi chog‘ida Kiyev tomonidan ishlab chiqilgan g‘alaba rejasini AQSH Oq uy ma’muriyatiga taqdim qilmoqchi (u 25 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilishni rejalashtirmoqda). Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasini ham ushbu rejaning bir qismi deb atadi. Bundan tashqari, g‘alaba rejasi Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydendan Ukrainani NATOga taklif qilishni so‘rashini nazarda tutadi. Rejada Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun «aniq yo‘l» va Kiyevga doimiy ravishda zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berish majburiyatlari ham ko‘zda tutilgan.
Zelenskiyning o‘zi jurnalistlar bilan uchrashuvda rejaning bir bandi «Ukrainaning jahon xavfsizligi arxitekturasida aniq o‘rni», ikkinchisi qurol-yarog‘ yetkazib berish, yana biri mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liqligini aytdi. Rossiya ham bu rejani ko‘rishi kerak, deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Zelenskiy AQSHga tashrifi davomida Vashingtonda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris va Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp bilan ham uchrashishni rejalashtirgan. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan uchrashuv katta ehtimol bilan 26-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi