00:36 / 22.09.2024
65

Portlovchi peyjerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi

Portlovchi peyjerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi
Kristiana Barsoni-Archidiakono
Portlagan peyjerlar bilan bog‘liq bo‘lgan BAC Consulting kompaniyasi bosh direktori, 49 yoshli Kristiana Barsoni-Archidiakono bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reuters yozdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayol portlashlar va ommaviy axborot vositalarining o‘z shaxsiga qiziqishidan so‘ng darhol g‘oyib bo‘lgan. Shundan beri u jamoat joylarida ko‘rinmagan va qo‘shnilari ham uni ko‘rmaganini aytishgan. U nashr qo‘ng‘iroqlari yoki xatlariga javob bermayapti, jurnalistlar ham Budapesht markazidagi uyiga borgan, ammo javob bo‘lmagan.

17 sentyabr kuni Livanning bir qancha shaharlarida portativ peyjerlar, jumladan, «Hizbulloh» jangarilari ishlatadigan qurilmalar portladi. 12 kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi yaralandi. Reuters agentligining yozishicha, BAC Consulting Tayvanning Gold Apollo kompaniyasidan peyjerlar uchun litsenziya olgan. Keyinchalik ular «Hizbulloh»ga yetkazilgan.

NBC News telekanalining Livandagi portlashlar haqidagi savoliga Kristiana Barsoni-Archidiakono shunday javob berdi: «Men peyjer ishlab chiqarmayman, shunchaki vositachiman. Menimcha, siz hamma narsani noto‘g‘ri tushundingiz».

BAC Consulting 2022 yilda Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan. 18 sentyabr kuni ertalab uning veb-sayti ishlamay qoldi. Qayd qilinishicha, avval unda hech qanday bo‘limlar yozilmagan va kompaniya nima qilayotganini tushunish deyarli imkonsiz edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portlovchi peyjerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi